02 noy 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21882_220.jpg)
Makgregor Meyvezerni MMA qoidalari bo'yicha o'tkaziladigan jangga chorladi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazish bo'yicha o'z taklifini ilgari surdi.
Irlandiyalik chempioni shu yilning 26 avgust kuni o'tkazilgan boks qoidalari asosidagi jangda engilmas Meyvezerga imkoniyatni boy bergan edi. Bu safar Konor amerikalik bokschini oktagonga chaqirdi va MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazishga chorladi.
Bundan
tashqari, Makgregor Las-Vegasda o'tgan jangda hakamlik qilgan referi Robert Berdni
ham aybladi. Uning so'zlariga ko'ra, Berd jang davomida Konorga halaqit qilgan. Hozircha
50 ta jangning barchasida g'alabaga erishgan Meyvezer bu chorlovga hech qanday
munosabat bildirmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar