19 mar 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Nurmagomedovga qarshi jangdagi haqiqatni tan oldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovga qarshi kechgan jangdagi mag'lubiyati uchun xizmat qilgan eng asosiy xatosini aytdi.
"Tan olishim kerak, o'sha jangga etarli darajada tayyorgarlik ko'ra olmagandim. Mashg'ulotlarga talab darajasida jiddiy qaramagan edim. Xabibga qarshi jangga o'zimning eng yaxshi sport formamda kelmagandim. Hozir hammasi boshqacha. O'z oldimga maqsad qo'ydimmi, demak unga erisha olaman. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarganman", - dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, irlandiyalikning Xabibga qarshi jangi 2018 yilning oktyabrida bo'lib o'tgan va unda Nurmagomedov muddatidan avval bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozongan edi. Konor o'zining so'nggi jangida esa Donald Serroneni 40 soniyada nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar