13 avg 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor qay tarzda bokschini nokdaun holatiga tushirgandi? (VIDEO)
UFC Prezidenti Dana Uayt Instagramdagi sahifasiga Konor MakGregor sparring vaqtida boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyajini nokdaun holatiga tushirgani aks ettirilgan videoni joylashtirdi.
Videoda MakGregorning ketma-ket zarbalaridan so'ng Malinyaji erga yiqilib tushgan.
Eslatib o'tamiz, o'sha sparring suratlari tarqalib ketganidan so'ng Malinyaji o'z noroziligini bildirdi va MakGregorning mashg'ulot lagerini tark etdi. Uning so'zlariga ko'ra, MakGregorning jamoasi sparring vaqtida aynan ushbu holatni suratga olib, tarqatgan. Jangning to'liq qismi esa umuman ko'rsatilmagan.
Havola :
Manba : instagram.com/danawhite/
Fikrlar