06 sen 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Xabibning jangini ko'rish uchun Abu-Dabiga keladimi?
Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida uzoq kutilgan UFC kechasi bo'lib o'tadi.
UFC 242 oqshomining markaziy jangida engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda tashkilotning vaqtinchalik chempioni Dastin Pore o'zaro to'qnash keladi. Ushbu oqshomni tomosha qilish uchun Konor Makgregor Abu-Dabiga keladimi degan savol ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. UFC prezidenti Dana Uayt bu savolga javob berdi:
"Biz Konor bilan bir oyda ikki marta gaplashamiz. So'nggi suhbatimiz kecha bo'lib o'tdi. U Abu-Dabiga kelmaydi. Bu aniq! Lekin jangni tomosha qiladi", - deya Uaytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Havola :
Fikrlar