26 avg 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning jarohati jiddiy emas, u noyabrda jang qila oladi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregorning jarohati jiddiy emas.
Konorning murabbiyi Jon Kavananing aytishicha, Makgregor shu yilning noyabr oyidayoq jang o'tkazishi mumkin.
“Avvaliga shifokorlar Konor fevral oyigacha jang o'tkaza olmasligini aytishgandi. Takroriy tekshiruv natijalari shuni ko'rsatdiki, Makgregorning Neyt Diasga qarshi jangdagi jarohati u darajada jiddiy bo'lib chiqmadi. U noyabr oyida Nyu-Yorkdagi shouda jang o'tkazishi mumkin”, - dedi Jon Kavana.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar