08 okt 08:12
Yangiliklar
Formula-1

"Maklaren" 10-marotaba "Konstruktorlar kubogi"da g'olib chiqdi
"Maklaren" jamoasi 2025 yilgi Formula-1 "Konstruktorlar kubogi"ni muddatidan avval qo'lga kiritdi.
Bu Britaniya jamoasining ketma-ket ikkinchi va umumjamoa hisobida o'ninchi chempionligidir.
5 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Formula-1'ning 18-bosqichida jamoa vakillari Lando Norris va Oskar Piastri mos ravishda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallashdi. Bu natija klubga mavsum tugashiga oltita poyga qolganda muddatidan avval "Konstruktorlar kubogi"ni qo'lga kiritish imkonini berdi.
"Maklaren" 650 ochko jamg'arib, "Mercedes" (325) va "Ferrari" (300)ni ortda qoldirdi.
Malumot o'rnida, Formula-1'ning 19-bosqichi 17-19 oktyabr kunlari AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : forbes.ru
Fikrlar