12 noy 17:28
Yangiliklar
Tennis
Maksim SHin Antaliya turniri startida raqibini "sezmadi"
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Maksim SHin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi ilk davrada turkiyalik Axmet Atabayga qarshi bahs olib bordi va ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/0, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi.
Taqqoslash uchun, SHin ayni paytda ATP reytingida 987-pog'onadan joy olgan. Atabay esa hali reytingga kiritilmagan. Endi Maksim 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi Nikolas Ionelga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 515-raketkasi bo'lib turgan ruminiyalik tennischi bugun 1/16 finalda reytingning 712-pog'onasida borayotgan bolgariyalik Yanaki Milevni 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar