13 noy 15:21
Yangiliklar
Tennis
Maksim SHin boshdan baland sakray olmadi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Maksim SHin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi ilk davrada turkiyalik Axmet Atabayni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etgandi - 6/0, 6/2. Afsuski, bugun u 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi ruminiyalik Nikolas Ionelga 3/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, SHin ayni paytda ATP reytingida 987-pog'onadan joy olgan. Nikolas Ionel esa dunyoning 515-raketkasi bo'lib turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar