So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

17 iyu 08:25
Yangiliklar

Og'ir atletika, Bolalar sporti

“Maktablar ligasi” musobaqasining g'oliblari taqdirlandi

Joriy yil boshida poytaxt yoshlarni sportga yanada kengroq jalb qilish maqsadida yangi loyiha amalga oshirishi haqida xabar bergan edik.

Unga ko'ra, 2019 yildan boshlab Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlarning ishchi xodimlari o'rtasida “Poytaxt ligasi”, maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchi o'rtasida “Kichkintoylar ligasi”, umumtalim maktablari o'quvchilari o'rtasida “Maktablar ligasi” va o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida “Yoshlar ligasi” sport o'yinlarini o'tkazish yo'lga qo'yildi.

Xususan, umumtalim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida sportning basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol turlari bo'yicha o'tkazilgan “Maktablar ligasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichida 296 ta umumtalim maktabidan jami 35 520 nafar o'g'il-qizlar qamrab olindi.

Joriy yilning yanvar oyidan start olgan mazkur sport musobaqa to'rt bosqichda, yani maktab, sektor, tuman va shahar miqyosida tashkil etildi.

Umumtalim maktablaridan saralab olingan maktab jamoalari joriy yilning 10-15 iyun kunlari Uchtepa va Olmazor tumanlaridagi sport inshootlarida bo'lib o'tgan Toshkent shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Kecha, 16 iyun kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida “Maktablar ligasi” sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarni tantanali taqdirlash tadbiri o'tkazildi.

Taniqli sanatkorlar tomonidan kuylangan qo'shiqlar, yosh sportchilar tomonidan namoyish etilgan ko'rgazmali chiqishlar tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Taqdirlash marosimida so'zga chiqqan Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Mursakulov yoshlarni g'alaba bilan qutlar ekan, mazkur musobaqalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o'quvchi-yoshlar o'rtasida sportning aynan basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol kabi ommaviy turlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni jamoaviy o'yinlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, shu bilan birga, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilganligini takidlab o'tdi.

“Maktablar ligasi” sport musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan maktablar bilan tanishing:

O'g'il bolalar

Gandbol bo'yicha

1-o'rin: 86-maktab (Yunusobod tumani);

2-o'rin: 209-maktab (Mirzo Ulug'bek tumani);

3-o'rin: 29-maktab (Olmazor tumani).

Voleybol bo'yicha

1-o'rin: 107-maktab (Uchtepa tumani);

2-o'rin: 90-maktab (CHilonzor tumani);

3-o'rin: 226-maktab (Yashnobod tumani).

Basketbol bo'yicha

1-o'rin: 208-maktab (Mirzo Ulug'bek tumani);

2-o'rin: 168-maktab (CHilonzor tumani);

3-o'rin: 284-maktab (Sergeli tumani).

Mini futbol bo'yicha

1-o'rin: 162-maktab (CHilonzor tumani);

2-o'rin: 9-maktab (Yunusobod tumani);

3-o'rin: 8-maktab (Sergeli tumani) .

Qizlar

Gandbol bo'yicha

1-o'rin: 271-maktab (Yunusobod tumani);

2-o'rin: 255-maktab (Yashnobod tumani);

3-o'rin: 236-maktab (Uchtepa tumani).

Voleybol bo'yicha

1-o'rin: 90-maktab (CHilonzor tumani) ;

2-o'rin: 294-maktab (Mirobod tumani) ;

3-o'rin: 9-maktab (Yunusobod tumani).

Basketbol bo'yicha

1-o'rin: 168-maktab (CHilonzor tumani);

2-o'rin: 86-maktab (Yunusobod tumani);

3-o'rin: 59-maktab (SHayhontohur tumani).

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing