11 avg 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Mamajonov 19 avgust kuni Nyu-Yorkda ringga chiqadi, raqib malum
Professional boksning o'rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahodir Mamajonov o'zining navbatdagi jangini 19 avgust kuni o'tkazadi.
Mamajonov mana bir necha yildirki, AQSHning Xyuston shahrida yashab, o'sha erda mashg'ulot va janglarini o'tkazib kelyapti. Bu safargi jang Nyu-York shahrida o'tkaziladi. Bahodir mahalliy bokschilardan biri Meyson Menardga qarshi ringga ko'tariladi.
Meyson jiddiy raqib bo'lib, faoliyati davomida 32ta jang o'tkazgan. Ana shu janglarning 31tasida g'alaba qozongan. Nokaut evaziga muddatidan avval erishgan g'alabalari soni 23tani tashkil etadi. Faqat bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar