29 jan 09:15
Yangiliklar

Mamajonov chempionlik kamari uchun jangda Benavidisga yutqazdi
Etiborga molik jihati shundaki, boks oqshomida hamyurtimiz SHerali Mamajonov ham ringga ko'tarildi. Uning raqibi amerikalik Devid Benavidis bo'ldi. Bokschilar qitalararo WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqishdi.
Afsuski, 8 raundga mo'ljallangan jangning ikkinchi raundida Mamajonov texnik nokautga uchratdi. Bu paytda ikkinchi raundning birinchi daqiqasi to'rtinchi soniyasi o'tib borayotgandi. Referi Mora Rassel jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Malumot uchun, SHerali Mamajonov professional faoliyatida bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 16ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 14tasida g'alabaga erishgan. Raqiblarini 8 bor nokautga uchratgan. Mag'lubiyatlari soni ikkitaga etdi.
Uning raqibi esa 17ta jangning barchasida zafar quchgan. Janglarning 16tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan. O'z vazn toifasida dunyoning 20 nafar kuchli bokschisi qatorida etirof etiladi.
Fikrlar