20 avg 15:14
Yangiliklar

Mamajonov WBO NABO kamari uchun kechgan jangda texnik nokautga uchradi
Mamajonov mana bir necha yildirki, AQSHning Xyuston shahrida yashab, o'sha erda mashg'ulot va janglarini o'tkazib kelyapti. Bu safargi jang AQSHning Nyu-York shtati Rochester shahridagi Rhinos Stadium arenasida bo'lib o'tdi. Bahodir mahalliy bokschilardan biri Meyson Menardga qarshi ringga ko'tarildi.
Meyson jiddiy raqib bo'lib, faoliyati davomida 32ta jang o'tkazgan, ana shu janglarning 31tasida g'alaba qozongandi. Nokaut evaziga muddatidan avval erishgan g'alabalari soni 23tani tashkil etardi. Faqat bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Bahodir Mamajonov esa profi ringda 21ta jang o'tkazib, 19 bor g'alabaga erishgandi. Mag'lubiyatlar soni 2ta, aksincha raqiblarini 11ta jangda muddatidan avval taslim etgandi.
Afsuski, 10 raundga mo'ljallangan jangda hamyurtimiz tajribali raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jangning 9-raundi yakunlaniga 34 soniya qolgan bir paytda referi bahsni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu Mamajonovning uchinchi mag'lubiyati edi.
Fikrlar