09 noy 17:44
Yangiliklar
Futbol
Manba: Nkunku kutilganidan tezroq safga qaytadi
Franciyalik futbolchi hali "CHelsi"da o'ynamadi.
Kristofer Nkunku navbatdagi xalqaro tanaffusdan so'ng birinchi o'yinda maydonga tushishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.
Gap 25 noyabrga belgilangan "Nyukasl"ga qarshi o'yin haqida ketmoqda.
Kristofer Nkunku allaqachon sport zalida ishlamoqda. Uning og'ir jarohatdan tiklanishi rejalashtirilganidan tezroq ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nkunku o'tgan yozda "Leypcig"dan "CHelsi"ga o'tgan edi. Franciyalik futbolchi "ko'klar" hujumining yangi etakchisi sifatida ko'rildi. Biroq Kristofer Nkunku mavsumoldi yig'inda jarohat oldi va hali "CHelsi"da debyut qilganicha yo'q.
Havola :
Manba : twitter.com/JacobsBen
Fikrlar