03 sen 11:20
Yangiliklar
Futbol
Manba: O'runov "Spartak"dan maoshining to'liq qismini olmoqchi edi, ammo yakunda...
Oston O'runov va "Spartak" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi.
Futbolchi ushbu jarayonda shartnoma bo'yicha olinishi kerak bo'lgan maoshining to'liq qismini kompensaciya sifatida olishga urinib ko'rdi.
Biroq, Moskva klubi summani ikki barobar kamaytirish bo'yicha muzokara olib bordi va yakunda bu bo'yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o'tamiz, O'runov "Spartak" bilan xayrlashganidan so'ng "Ural" futbolchisiga aylandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar