02 avg 09:46
Yangiliklar
Futbol

Manchester Evening News "Man Siti"ning Husanov bo'yicha rejalarini xabar qildi
"Manchester Siti"ning o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo'yicha rejalari malum bo'ldi.
Jurnalist Simon Baykovskining takidlashicha, "shaharliklar" rahbariyati 21 yoshli O'zbekiston terma jamoasi azosini keyingi mavsum uchun tarkibda olib qolishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Husanovni joriy yilning yanvar oyida Franciyaning "Lans" klubidan sotib olgan edi. Himoyachi Angliya grandi libosida o'nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Husanovning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan. O'zbekistonlik himoyachi bilan bir vaqtda klubga kelgan yana bir yosh mudofaa vakili Vitor Reis ijara asosida "Jirona"ga o'tishga yaqin.
Havola :
Fikrlar