11 jan 11:55
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" 40 yillik natijani takrorladi
"Manchester Siti" Angliya Kubogi doirasida o'z tarixidagi eng yirik g'alabasini qayd etdi.
Kecha Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa "Ekseter"ni 10:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu "shaharliklar"ning 1987 yildan keyingi eng yirik natijasi hisoblanadi. O'shanda jamoa "Xaddersfild"ni shu hisobda mag'lubiyatga uchratgandi. 2019 yilda "Siti" Angliya Liga Kubogida "Berton" darvozasiga javobsiz 9 ta gol urgandi.
SHuningdek, "Siti" 1986 yildan buyon bir o'yinda 10 ta gol urgan Premer-liganing ilk jamoasi bo'ldi. So'nggi marta "Liverpul" Liga Kubogida "Fulxem" darvozasiga 10 bora yo'l topgandi.
Angliya Kubogida so'nggi marta 10 dan ko'p gol urgan jamoa "Tottenxem" bo'lib turibdi. 1960 yilning fevralida "shporlar" "Kryu"ni 13:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

Havola :
Fikrlar