07 apr 17:51
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" "Barselona"dan Evropa chempionini olib ketmoqchi
"Manchester Siti" o'tgan yanvar oyida La Ligada ro'yxatdan o'tish bilan bog'liq muammolar tufayli Kataloniya klubini tark etishi mumkinligidan xavotirlar paydo bo'lgach, "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirgan birinchi klub bo'ldi.
Sport.es xabariga ko'ra, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchini jamoa tizimiga mos deb hisoblagan. SHuningdek, Olmo 33 yoshli yarim himoyachi Kevin De Bryuynega o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yanvarda Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) "Barselona"ga Olmoni mavsumning ikkinchi qismida ishtirok etish uchun vaqtincha ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bergandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 28 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Olmoning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Havola :
Manba : Football Espana
Fikrlar