23 apr 16:28
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" birinchi o'ringa chiqib olganidan so'ng Gvardiola nimalar dedi?
Xosep Gvardiola Premer ligada "Byornli" ustidan erishilgan 1:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Bizda imkoniyatlar bo'ldi, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ajoyib o'yin o'tkazdik. Uch kun oldin qiyin o'yin bo'lganiga qaramay, qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bu oson bo'lmaypti.
Men asabiylashmayapman - nega asabiylashishim kerak? Biz turnir jadvalida birinchi o'rinda turibmiz. Hech qanday asabiylashish yo'q.
Albatta, biz yaxshiroq o'ynashga, gol urishga qodirmiz. Yigitlar qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi, shunchaki ko'proq gol ura olmadik.
Beshta o'yin. APLda hamma narsa beshta o'yinda hal bo'ladi. Bu haqiqat. Va endi bizni Kubokda juda qiyin yarim final kutmoqda", - dedi Gvardiola.

Havola :
Fikrlar