16 fev 12:23
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322813_220.jpg)
"Manchester Siti" etakchilaridan biri "Real"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
"Nyukasl"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland jarohat oldi.
Futbolchi uchrashuvning 87-daqiqasida zaxiraga olindi. Norvegiyalik hujumchi oyog'ini shikastlab olgan. Hozircha futbolchining jarohati haqida to'liq malumot berilmagan. Biroq Xoland "shaharliklar"ning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Man Siti"ning navbatdagi o'yini 19 fevralga belgilangan. O'sha kuni Xosep Gvardiola jamoasi ECHL pley-off o'yinlarining javob bahsida "Real Madrid"ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar