15 avg 13:29
Yangiliklar

"Manchester Siti" futbolchisini 70 million evroga sotmadi
London klubi braziliyalik futbolchi uchun "shaharliklar"ga 70 million evro taklif qilgan. Biroq ushbu summa "Man Siti"ni qoniqtirmagan. Ular 21 yoshli futbolchi uchun kamida 90 million evro talab qilishmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Futbolchining o'zi ham London klubiga ko'chib o'tishga qarshi emasligini malum qilgan. Savio JCH oldidan doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va "shporlar" uning uchun mukammal variant deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, Savio o'tgan yilning yozida "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgandi. U o'tgan mavsum jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 13 ta golli uzatma bor. Futbolchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yana 4 yil bor.
Fikrlar