23 avg 11:36
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" osiyolik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Manchester Siti" SHotlandiyaning "Seltik" klubi hujumchisi Kyogo Furuxasini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, "shaharliklar" 29 yoshli yaponiyalikni "Atletiko"ga o'tgan Xulian Alvares o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritgan. Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan.
Furuxasining "Seltik" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining transferi 20 million evroga baholanmoqda. Hujumchi o'tgan mavsumda SHotlandiya chempionatida 38 o'yinda 14 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar