08 mar 19:43
Yangiliklar

"Manchester Siti" "qo'shnisi"ning uyida mag'lubiyatga uchradi, Husanov to'liq o'ynadi
Terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvda to'liq harakat qildi. "The City Ground" stadionida 30 445 tomoshabin ko'z o'ngida o'tgan o'yindagi yagona golga 83-daqiqada Kallum Xadson mualliflik qildi.
Gol Husanov harakat qilgan qanotning qarama-qarshi tomonidan kiritildi. Bugungi g'alabadan keyin "Nottingem" 51 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Manchester Siti" 46 ochko bilan 4-pog'onada qoldi. Agar bugun "shaharliklar" g'alaba qozonganida, kuchli uchlikka joylashib olardilar.
Husanovning "Nottingem Forest"ga qarshi statistikasi:
5 ta to'p qaytarish
2 ta bloklangan zarba
93 % aniq uzatmalar (66/71)
3 ta ikkinchi qavatdagi kurashda g'alaba
Fikrlar