24 fev 13:41
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Husanovni maqtadi
"SHaharliklar" sobiq azosi Pol Dikov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanovning "Liverpul"ga qarshi (0:2) Angliya Premer-ligasi 26-tur o'yiniga baho berdi.
Sobiq forvard Matchday LIVE efirida 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchining jamoasi mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, futbolchining harakatlari iliq taassurot qoldirganini aytib, "ajoyib" deya baholadi.
Qayd etish kerakki, "Liverpul" bilan o'yinda Husanov bir yo'la ikkita ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshi deb topilgandi – to'pga eng ko'p tegish (102), shuningdek, paslar aniqligi (99%).
Bundan tashqari, Husanov APLning 26-turida to'p uchun kurashda eng ko'p (12 marta) g'olib chiqqan futbolchi bo'ldi.
Malumot uchun, Dikov futbolchilik davrida "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa jamoalar sharafini himoya qilgan. U SHotlandiya terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : Matchday LIVE
Fikrlar