25 apr 17:21
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" yulduzi uchun "Liverpul” bilan bahslashadi
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" himoyachisi Mikki van de Venni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Qizil iblislar" kuchli chap oyoqli markaziy himoyachini sotib olishni maqsad qilgan. Niderlandiya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi mavsum yakunida "shporlar" APLda qolish-qolmasligidan qati nazar, bu yozda ko'plab etiborni tortishi kutilmoqda. SHuningdek, "Liverpul” ham van de Venga davogarlik qilmoqda.
Bu mavsumda Mikki van de Ven "Tottenxem" safida 40 ta o'yin o'tkazdi. Himoyachi hisobida ettita gol va bitta golli uzatma bor. Transfermarkt futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda.

Havola :
Fikrlar