09 noy 16:20
Yangiliklar
Futbol
Mane jarohati bois Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane JCH-2022 o'yinlarida Senegalga yordam bera olmaydi.
Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi.
30 yoshli futbolchi Bundesliganing 14-turidan o'rin olgan "Verder"ga qarshi o'yinda (6:1) jarohat oldi. Uning tiklanishi uchun bir necha hafta kerak bo'ladi.
Mane joriy mavsum "Bavariya" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. U Senegal uchun 92 ta o'yinda 33 ta to'p kiritigan.
Senegal terma jamoasi Jahon chempionatini 21 noyabr kuni Niderlandiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar