10 iyu 18:01
Yangiliklar
Futbol
Sadio Mane Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Hujumchi Sadio Mane Senegal terma jamoasidagi faoliyatiga nuqta qo'ygani haqida malumot berdi.
“SHuni bilingki, men ushbu bayroq uchun borlig'imni fido qildim. Bor kuchimni berdim va jonajon vatanimiz uchun doimo ayovsiz kurashdim.
Sizlarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashingiz muvaffaqiyatlarimga sabab bo'ldi.
Endilikda o'z tajribamni xalqimiz farovonligi yo'lida, xoh murabbiylar shtabida, xoh zaxira o'rindig'ida yoki rahbariyat organlarida bo'lsin, mamnuniyat bilan tatbiq etishga tayyorman”, – dedi Mane.
Senegal terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Belgiya termasiga (2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.
Mane Senegal libosida jami 130 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 54 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.
Havola :
Manba : Le Quotidien
Fikrlar