So’nggi yangiliklar

10:5135 ёшли Забит Магомедшарипов 21 яшар Рауль Росасга қарши жанг қилади 0 10:13ЖЧ-2026`ни тарк этган илк терма жамоа номи маълум бўлди 0 09:47Баҳодир Жалолов билан жанг қилиши айтилган Мозес Итауманинг рақиби ва жанг санаси тасдиқланди 0 09:19Мадримовнинг вазнида катта жанглар эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:43Бугун Жаҳон кубогида 11 нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 08:06ЖЧ-2026. Марокаш ғалабага эришди, Танташев мундиалда дебют қилди 0 19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0

20 sen 07:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Mansur Tugizboev: Kaminani “Mangust” deb chaqirishadi

Teglar :  Mansur Tugizbaev
Bugungi kunga kelib, MMA janglarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz juda ko'pchilikni tashkil etmoqda.

Aksariyati ushbu yo'nalishda ham o'zlarini ko'rsatib, qator g'alabalarni qo'lga kiritishga ulgurdilar. Ularning orasida 70 kg vazn toifasida ajoyib jang o'tkazayotgan Mansur Tugizboevning harakatlari muxlislar va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirib kelayapti. Biz bu jangchimiz bilan olamsport.com sayti uchun maxsus suhbat uyushtirdik.

Malumotnoma.
Mansur Tugizboev - 1981 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida tavallud topgan. MMA doirasida 12 ta jang o'tkazgan. 11 g'alaba va bir mag'lubiyat.

- Bu ananaviy savol hisoblanadi. Yani, dastlab qaysi sport turi bilan shug'ullanganingiz haqida malumot bersangiz?
- Erkin kurash bilan shug'ullanganman. Ushbu sport orqali MMA ga kirib kelganman.

- Bu yo'nalishga kirib kelishingizga asosiy sabab nima bo'lgan?
- Odatda, biror bir narsaga qo'l urishingizga albatta, havas sabab bo'ladi. Men ham ustozim Sunnat Ilyasovga havas qilib, bu yo'nalishda o'z imkoniyatimlarimni sinashga ahd qilganman.

Asosan, qaysi mamlakatlarda bo'lib o'tadigan janglarda ishtirok etasiz?
-   MDH mamlakatlarida bo'lib o'tadigan musobaqalarda. Jumladan, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tailandda ham jang o'tkazganman.


- O'n ikki bor jang o'tkazibsiz, eng jiddiy va mashhur raqibingiz kim edi?
-  Barchasi men uchun jiddiy va mashhur hisoblanadi.

- Odatda, ushbu yo'nalishda sportchilarning laqabi bo'ladi?
-   Nima demoqchi bo'lganingizni tushundim. Kaminani “Mangust” deb atashadi.

- Bu sizga yoqadimi?
-  O'rganib qolganman. Har xolda, yoqadi.

- Birgina mag'lubiyat yozilgan jangingizda negadir asosan ikkinchi raqam bo'lib harakat qildingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
-  O'sha jangimdan avval, belim qattiq shamollagandi.  Og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida tushgan edim. Ochig'i, jangni qoldirgim kelmagandi. Qolaversa, ushbu jangda ochkolar hisobiga mag'lubitga uchradim. Lekin jangni o'zingiz ko'rishingiz mumkin. Raqib yaqqol ustunlik qilgani yo'q. Teng kurash kechgan edi. SHunchaki o'z imkoniyatim darajasida jang olib bora olmadim o'sha kuni.

- SHogirdlaringizdan,umuman yoshlarimizdan MMAda ishtirok etayotganlari orasida kimlarni kelajagi porloq deb bilasiz?
-  Hali, kimnidir kelajagi borasida so'z yurita olmayman. Lekin yoshlarimiz juda ko'p. Ular orasidan albatta chempionlar chiqadi. SHogirdlarim borasida aytadigan bo'lsam. Ular yosh. Katta janglarda ishtirok etishga biroz vaqt bor.

- MMA dagi birinchi ustozingiz Sunnat Ilyasovmi?
-  Albatta. Sunnat akam birinchi ustozim. Ozmi-ko'pmi muvaffaqiyatlarimning barchasiga ushbu inson sababchi bo'ladi.

- MMA, UFC jangchilaridan kimlarning jang olib borish uslublari ekadi?
-  Braziliyalik Anderson Silvaning jang olib borish uslublariga juda qiziqaman. Agar u jiddiy jarohat olmaganda xali ham taxtdan tushmagan bo'lardi. Ushbu sportchining matonatiga ham qoyil qolsa bo'ladi.CHunki, u yana janga qayta oldi.


- Nima deb uylaysiz, MDH davlatlari orasida qaysi mamlakat vakillari siz uchun nokulay rakib xisoblanadi?
-  Endi, barchasi ham o'ziga yarasha qiyinchilik tug'dira oladi. Alohida bir yurt vakillarini aytib o'tish fikridan yiroqman. CHunki bunday janglarda oddiy sportchilar ishtirok etmaydi.

- Sizni vazn toifangizdagi kozoklarning eng kuchli jangchisi kim?
-  Kuat Xamitov. Nayman deb ham atashadi.

- Demak, siz Ayubxon Kamalov bilan bir vaznda jang olib borasiz... CHunki, Kuat Nayman bilan ushbu hamyurtimiz jang olib borgan edi to'g'rimi?

-  Ha, Ayubxon aka bilan bir vazndamiz. To'g'ri, Ayubxon Kamalov Kuat bilan ikki bor jang olib borgan. Hozircha hisob teng. Lekin Kuat yutgan jangda, hakamlar xatoga yo'l qo'ygan edi.

- Demak kachondir Kuat Nayman Xamitov va Zubayra Txugovlar bilan jang olib borishingiz mumkin ekanda?
-  Albatta. Ular bilan jang olib borishni juda istayman.

- Ayubhon  Kamalov bilan o'zaro sparring bo'lib ishlab ko'rganmisizlar?
-   Yo'q.

- MMAdagi faoliyatingizni necha eshdan boshlagansiz?
-   30 yoshdan keyin.


- Boshka sport turlari, boks, dzyudo, sambo, muaytay, aykido va kikboksing vakillari bilan ham sparring jang o'tkazib, ulardan nimanidir o'rganishga harakat qilib turasizmi?
-  Kikboksing bilan jiddiy tarzda mashg'ulotlar olib boraman. Albatta, ushbu yo'nalishdagi do'stlarimiz bilan o'zaro fikrlar almashib, janglarni tahlil ham qilib turamiz. Eng asosiy, maslahatlarni, jangdan oldingi ko'rsatmalarni Sunnat akamdan olaman.

- Misol uchun, bitta jangingizdagi g'alaba uchun qancha miqdorda gonorar to'lanadi?
-   Endi bu borada biror fikr ayta olmayman. Keling bu sir bo'la qolsin,

 - Yaqinda Qirg'izistonning Qorasuv shahrida bo'lib o'tgan turnirda ishtirokingiz kutilgan edi. Lekin jang qilmadingiz bunga sabab nima bo'ldi?
-  Raqibim jang o'tkazishni xoxlamadi. Sababini so'rasam, janga tayyor emasman, yutqazishimni bilib turib, nega jang qilaman dedi. Maqtanyapti deb o'ylamangku, so'raganingiz uchun aniq sababini aytdim.

- Navbatdagi jangingiz qachon bo'lishi kutilayapti?
-  Bu borada aniq ayta olmayman. Lekin albatta sizlarni xabardor qilaman.


Ahmadbek ESHMATOV suxbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
19 sen 18:29:14
Муҳаммадзиё
Омад!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing