20 apr 08:02
Yangiliklar
Sport kurashlari
Dilshod Mansurov mahalla yoshlari bilan uchrashdi
Besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari doirasida mahallalardagi uyushmagan yoshlar uchun hududlardagi sport faxriylari va taniqli sportchilar bilan birgalikda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 11-sonli umumtalim maktabida "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, erkin kurash bo'yicha 2 karra jahon chempioni Dilshod Mansurov ishtirokida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirib, ular o'rtasida o'zaro do'stona raqobat muhitini shakllantirish va musobaqalar tashkil etish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilib, yoshlar orasida jinoyatchiliklarning oldini olish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni tanlab olishdan iborat.
Qizg'in tarzda bo'lib o'tgan suhbat davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar