22 mar 11:46
Yangiliklar
Tennis
Mariya Mayamida muvaffaqiyatli start oldi
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan Mariya Sakkari ushbu nufuzli musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Ikkinchi davradan bahslarga qo'shilgan greciyalik tennis malikasi WTA reytingida 37-pog'onada borayotgan xitoylik Yuan Yuedan ikki setda ham bir xil hisobda ustun keldi - 6/2, 6/2.
Tennischilarning o'zaro o'tkazilgan ikkinchi uchrashuvida ham Mariya zafar quchdi. Sakson daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar masalasida Sakkari ustun - 5 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar