08 apr 15:27
Yangiliklar
Tennis
Mariya Osorio bosh sovrinni o'z Vatanida olib qoldi
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini mezbonlar vakilasi Mariya Osorioga nasib etdi. Kolumbiyalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 42-raketkasi bo'lib kelgan chexiyalik Mari Buzkovani mag'lubiyatga uchrata oldi - 6/3, 7/6(5). Osarioning o'zi finalga qadar WTA reytingida 85-pog'onadan joy olgandi.
Kolumbiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda ilk bor g'alabaga erishdi - 1:2. Osorio o'z uyidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 250 reyting ochkosi hamda 35,250 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Fikrlar