13 avg 19:33
Yangiliklar
Futbol
Markinos PSJ bilan 40-sovrinini qo'lga kiritdi
12 avgust kuni PSJ UEFA Superkubogi-2026 uchun kechgan bahsda “Aston Villa”ni mag'lub etdi (2:1).
Parijliklarning markaziy himoyachisi va sardori Markinos uchun bu jamoa tarkibidagi 40-sovrin bo'ldi.
32 yoshli braziliyalik futbolchi PSJ bilan birgalikda Liga 1 (11), Franciya Kubogi (8), Liga Kubogi (6), Franciya Superkubogi (10), CHempionlar Ligasi (2), UEFA Superkubogi (2) va Qitalararo Kubogida (1) g'alaba qozongan. U klub tarixidagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi. Markinos uchun bu sovrin faoliyatidagi jami 41-titul bo'ldi.
SHu tariqa, braziliyalik futbolchi sovrinlar soni bo'yicha Dani Alvesga (41) tenglashib oldi va endi futbol tarixida faqat Lionel Messidan (45) ortda qolmoqda.

Havola :
Fikrlar