16 dek 16:49
Yangiliklar
Futbol
Marokash bilan o'yinda tizzasidan jarohatlangan Jiru finalda maydonga tushadimi?
JCH-2022 yarim finalida Franciya – Marokash (2:0) uchrashuvining 65-daqiqasida Olive Jiru zaxiraga olingandi.
36 yoshli futbolchi tizzasida og'riq his qilmoqda. “Europe 1” manbasiga ko'ra, Jiruning jarohati jiddiy emas va u Argentinaga qarshi final uchrashuviga qadar safga qaytadi.
Forvard joriy turnirda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar