So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

13 okt 15:15
Yangiliklar

Futbol

Marselo Belsa: "O'zbekiston jismonan kuchli va harakatchan jamoa va shu jihatlari bilan Dominikan Respublikasidan farq qiladi"

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xalqaro uchrashuvlar har doim biz uchun sinov bo'ladi, ayniqsa raqib jamoada Fabio Kannavaro kabi yuqori malakali murabbiy boshchilik qilayotgan bo'lsa.

Jahon chempionati kelasi yili bo'lib o'tadi, bu katta masuliyat yuklaydi. Bunday nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rish g'oyat muhim.

Bugungi kunda barcha o'yinlar, FIFA reytingidan qati nazar, teng kuchli raqiblar o'rtasida o'tadi. Hech qachon o'yin oson yoki qulay bo'lishini kutmaysiz. Oddiy uchrashuv bo'lishini tasavvur ham qila olmaysiz. Futbolda nima bo'lishini bashorat qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bu sport turida natijalar oldindan nomalum bo'ladi", dedi 70 yoshli mutaxassis.

SHuningdek, chap qanot himoyachisi Marselo Sarachchi shunday fikr bildirdi:

"Qiziqarli o'yin bo'ladi, chunki unda keyingi jahon chempionatiga yo'llanma olgan ikki jamoa bellashadi. Ko'plab futbolchilar uchun bu muhim sinov va biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Dominikan Respublikasi bilan taqqoslaganda, O'zbekiston jismonan baquvvat, kuchliroq va harakatchan jamoa. Jahon chempionati oldidan esa ularning tayyorgarligi ancha yuqori motivaciya bilan o'tmoqda", dedi jamoa sardori.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi bugun, 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing