08 apr 14:03
Yangiliklar
Matteo Berrettini - Grand Prix Hassan II chempioni!
Musobaqa bosh sovrini Matteo Berrettiniga nasib etdi. Italiyalik tennischi 2022 yilning iyun oyidan beri ilk bor bosh sovringa ega chiqdi. ATP reytingida 135-pog'onada bo'lgan Matteo final bahsida dunyoning 64-raketkasi ispaniyalik Roberto Karbales-Baenani mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/2.
Berrettini tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida oldinda bormoqda - 3:1. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Berrettini 4 tadan eys va breykni amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan.
Bu italiyalik tennischining faoliyatidagi sakkizinchi sovrin bo'ldi. US Open-2023 turnirida jarohat orttirib olgan Berrettini 7 oy davomida tennisdan chetda bo'ldi. Bu u uchun "tatil"dan qaytganidan keyingi ikkinchi ATP turniri bo'ldi.
Marrakesh turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok italiyalik raketka ustasiga 250 ochko va 88,125 evro mukofot puli taqdim etdi. Bugun elon qilingan ATP reytingida u Top-100`ga kirib oldi.
Fikrlar