04 mar 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Dana Uaytga javob qaytardi
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev promoushen prezidenti Dana Uaytga dos Anos bilan jangni bekor qilgani haqidagi bayonoti yuzasidan javob qaytardi.
"Dana, sen juda erta uyquga yotding. Hammasi amalga oshgunigacha uxlamasliging kerak edi", - deb yozgan Maxachev "Tvitter"dagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Uayt: "Biz buni amalga oshirdik deb o'ylagandim. Uyquga ketayotib, hammasi tayyor ekanligini o'yladim. Ertalab uyg'onib esa Maxachev jangni bekor qilganini bildim. Nega bunday bo'lganini bilmayman", - deya takidlagandi UFC prezidenti.
28 fevral sanasida dos Anosning Rafael Fizievga qarshi jangi qirg'izistonlik sportchida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirilgan edi. Islam Maxachev esa UFC Vegas 49 turnirida Bobbi Grinni texnik nokaut bilan mag'lub etgan va shundan so'ng Fizievni almashtirishga tayyor ekanini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar