03 may 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Karlos Pratesning Jek Della Maddalena bilan jangdagi g'alabasiga munosabat bildirdi
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev braziliyalik Karlos Pratesning avstraliyalik Jek Della Maddalenani uchinchi raundda texnik nokautga uchratganini beetibor qoldirmadi.
Ularning jangi Avstraliyaning Pert shahrida o'tgan UFC Fight Night 275 turnirining asosiy voqeasiga aylandi. Sobiq chempion Jek uchun bu ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. Karlos esa ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
"Ajoyib ish, nutellali tort", - deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Braziliyalik Karlos 32 yoshda bo'lib, professional aralash yakkakurash jangchisi sifatida 2012 yil mart oyida debyut qilgan. Pratesning MMAdagi rekordida 24 ta g'alaba (22 tasi muddatidan oldin) va ettita mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar