24 avg 16:40
Yangiliklar

Maxachev Oliveyra – Pore va Getji – CHendler janglariga taxmin bildirdi
"Oliveyra va Pore o'rtasidagi jangda men Dastinga ustunlik beraman. U olov va suvdan o'tdi, kuchli jangchilar bilan jang qildi. SHuning uchun men uni tanladim.
Getji va CHendler o'rtasidagi jangga kelsak, bu - muxlislar uchun ajoyib jang bo'ladi. O'ylaymanki, Oliveyra va Pore o'rtasidagi jangdan ham ko'proq narsani kutishadi. Ular hammayoqni portlatib yuborishadi. O'ylashimcha, Getji biroz qattiqroq. CHandler UFC`da hech qachon bunday kuchli raqib bilan jang qilmagan. Men ishonamanki, Getji 60 ga 40 ehtimoli bilan g'alaba qozonadi ”, - dedi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra va Pore o'rtasidagi jang 2021 yil dekabrda, Getji va CHendler to'qnashuvi esa 6 noyabrda UFC 268`turnirida bo'lib o'tadi.
Fikrlar