19 avg 10:20
Yangiliklar
Maxachevning murabbiyi: "Islam Xabibdan o'zib ketdi"
"Men Xabibga nisbatan xolis emasman (uni ko'proq qo'llab-quvvatlayman), lekin Islamning rekordlarini tan olishim ham kerak. U engil vazn toifasida chempionlik kamarini to'rt marta himoya qildi, endi esa ikki vazn toifasi chempioni, yarim o'rta vazn kamariga ham ega va u Xabibga qaraganda ko'proq jang o'tkazdi. Garchi buni aytish menga yoqmasa-da, u Xabibdan o'zib ketganini tan olishga majburman", – dedi amerikalik mutaxassis Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida.
SHuningdek, Mendes jangchilar o'rtasidagi farqlarni takidlab, Islamning arsenali ancha boyroq ekanini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Maxachev lou-kiklar, ilib yiqitishlar (podsechka), dzyudo usullari, tizza bilan zarbalar va xay-kiklardan foydalana oladi. Xabib esa ko'proq kurashga tayanib, raqiblarini doimiy bosim ostida holdan toydirishga urg'u bergan.
"Islam hamma narsani qila oladi va bu ko'nikmalarning barchasini jangda juda yaxshi uyg'unlashtiradi. Xabib esa ko'proq kurash evaziga raqibini charchatishga ishlardi. U xuddi ilon kabi o'z bosimi bilan raqiblarini bo'g'ib qo'yardi", – deya qo'shimcha qildi Mendes.

Fikrlar