25 mar 12:47
Yangiliklar
Tennis

Mayami "Masters". 23 ta eys Dimitrovning g'alabasini taminladi
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Miami Open musobaqasida to'rtinchi davra ishtirokchilari aniqlanyapti. Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan bolgariyalik Grigor Dimitrov uchinchi bosqichda ATP reytingida 44-pog'onadan joy olgan chililik Alexandro Tabiloni mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(5), 7/6(5), 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Dimitrov 23, Tabilo 18 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bir xilda 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi u Miami Open 1/8 final chiptasi uchun Yannik Ganfmannga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik tennischi uchinchi davrada francuz Adrian Mannarinodan ustun keldi - 3/6, 7/6(1), 6/4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar