31 mar 11:07
Yangiliklar

Mayami "Masters" finalida sensaciya! 19 yoshli "bolakay" o'zidan salkam 20 yosh katta Jokovichni mag'lub etdi
ATP reytingida 54-o'rinni egallab turgan Yakub faoliyatidagi ilk sovrinni "Masters" musobaqasida, tennis afsonasi, dunyoning ayni paytdagi beshinchi raketkasi Novak Jokovichni mag'lub etgani holda qo'lga kiritdi. Menshik 2 soatu 5 daqiqa davom etgan final bahsida 7/6(4), 7/6(4) hisobida zafar quchdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. 19 yoshli Menshik 14, 37 yashar Jokovich 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Har ikki tennischi ham bittadan breykka erishdi.
Menshik o'zi uchun tarixiy turnirdan 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 124 ming 380 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritdi. U yangilangan reytingda Top-30`da debyut qiladi. Yakub "Masters" chempioni bo'lgan ikkinchi chexga aylandi. Bundan roppa-rosa 20 yil oldin Tomash Berdix bu natijaga erishgandi.
Agar Jokovich finalda g'alaba qozonganida, faoliyatidagi 100-sovringa ega chiqqan bo'lardi. U vice-chempionligidan 650 ochko va $597,890 ishlab oldi.
Fikrlar