17 may 11:02
Yangiliklar
Mayk Perri - Neyt Dias jangini shifokor to'xtatdi
Engil vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar amerikalik 41 yoshli Neyt Diaz yana bir sobiq UFC jangchisi, vatandoshi Mayk Perriga qarshi MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazdi. Jang 77,3 kg vazn toifasida bo'lib o'tdi va ikkinchi raunddan so'ng Perrining g'alabasi bilan yakunlandi.
Mayk Diazga jang davomida yaxshigina zarar etkazdi va ikkinchi raunddan so'ng shifokor Neytga jangni davom ettirishni taqiqladi. Neyt 40 yoshda. Diaz o'zining professional rekordida 21 g'alaba va 14 mag'lubiyatga ega. Amerikalik professional sifatida 2004 yilda debyut qilgan.
Mayk Perri esa 34 yoshda. AQSH vakili 2014 yilda aralash yakkakurashlarda debyut qilgan. U MMAdagi rekordida 15 ta g'alaba va sakkizta mag'lubiyatga ega.

Fikrlar