06 jan 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson marixuana etishtiradigan plantanciya ochdi
Professional boks afsonasi Mayk Tayson Kaliforniyada marixuana etishtirishni boshladi, deb xabar bermoqda Washington Post nashri.
Tayson va uning ishbilarmon hamkorlari Los-Anjeles shahridan 165 km uzoqlikda joylashgan hududda 2 gektarga yaqin maydonga marixuana ekishdi.
Rancho poydevoriga ilk g'isht qo'yish marosimida Taysonning biznes-hamkorlari Robert Xikman, Jey Stromenn, Los-Anjeles shahri meri Jennifer Vud ishtirok etdi.
Etiborga molik jihati shundaki, Mayk Tayson sportchilik faoliyati davomida marixuana bilan bog'liq mojarolarga ko'p bor duchor bo'lgan. Anjey Golota ustidan qozonilgan g'alabasi ham aynan shu sabab bilan bekor qilingan edi.
Malumot uchun, 2018 yilning 1 yanvaridan Kaliforniyada yangi qonun qabul qilinib, unga ko'ra marixuanani davolash yo'lida istemol qilishga ruxsat berilgan.
Havola :
Fikrlar