19 avg 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson - Roy Jons jangi bekor qilinishi mumkin
Roy Jonsning aytishicha, uning Mayk Taysonga qarshi jangi bekor qilinishi mumkin.
"Men ringga chiqish uchun boshqa ishlarimni bekor qilishimga to'g'ri keldi, shuning uchun kun tartibimni o'zgartirdim. Bu muammo.
Men endi muntazam jang qiladigan bokschi emasman. SHuning uchun, pul topish uchun boshqa ishlar bilan ham shug'ullanishimga to'g'ri keladi. Agar u ishlarni qilmasam, menga kompensaciya to'lab berishlari lozim bo'ladi.
Agar ular buni amalga oshirishmasa, jang bekor bo'ladi. Men nima uchun avvaliga 12 sentyabrga kelishib olib, yilning qolgan qismini bekor o'tkazishim kerak? Ular menga ko'proq muxlislar istashlarini aytishdi. Agar muxlislar bo'lmasa, bu umuman boshqacha pul bo'ladi. Ko'ramiz, bu qanday echim toparkin" - dedi Jons.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar