10 jan 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson va Floyd Meyvezer mashhur reperlarni jangga tayyorlaydi
Afsonaviy Mayk Tayson hamda Floyd Meyvezer mashhur repperlarni murabbiy sifatida jangga tayyorlaydigan bo'ldi.
Gap shundaki, Kris Braun va Soulja Boy bir ayol sabab janjallashib qolishgan. Natijada ular bir-birlarini duelga chorlashdi. Duel esa ringda bo'lib o'tadi.
Yani, ikki repper boks qo'lqoplarini kiyib, o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Jang boks qoidalari asosida o'tkaziladi. Har ikki repperga Tayson va Meyvezer murabbiylik vazifasini o'tab berishadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar