08 may 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Taysonga 20 mln $ taklif qilishdi
Superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson faoliyatini qayta tiklashi haqida xabar bergan edi.
Temir Maykka Bare Knuckle FC, yani qo'lqopsiz janglarda qatnashish uchun 20 million dollar taklif qilishdi. Bu malumotni Bare Knuckle FC promousheni rahbari Devid Feldman rasman tasdiqladi.
"Mayk Taysonning mashg'ulotini ko'rib hayratdan yoqa ushladim. SHu sababdan ham unga taklif bilan chiqdik. U haqiqiy afsona. Biz uchun uning jamoasi bilan muzokara olib borish sharaf. Ko'ramiz, muzokaralar qanday yakunlanar ekan", - dedi Feldman.
Eslatib o'tamiz, hozirgacha Mayk Tayson bilan jang qilish istagini birgina rossiyaliklardan Sergey Xaritonov, Aleksandr Emelyanenko va Grigoriy Drozd bildirishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar