23 okt 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Taysonni mag'lub etgan bokschi faoliyatini qayta tikladi
Superog'ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschi Denni Uilyams (48-25, 36 KO) faoliyatini qayta tiklaganini malum qildi.
Etiborga molik jihati shundaki, Uilyams o'z vaqtida afsonaviy bokschi Mayk Taysonni mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv ko'targan edi. Ushbu jang 2004 yili bo'lib o'tgan edi.
43 yoshli bokschi so'nggi bor 2015 yilning iyun oyida ringga ko'tarilgandi. Britaniyalik bokschi o'zining so'nggi 20ta jangidan bor yo'g'i 5tasida g'alaba nashidasini surgan.
Uilyams Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga chiqadi. Uning raqibi turkiyalik Ali Eren Demirezen (1-0, KO) bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar