01 iyu 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl CHendler Konorning oktagonga qaytish muddati haqida gapirdi
UFC jangchisi Maykl CHendler Konor Makgregor bilan jangi haqida gapirdi.
"Kecha UFC vakillari bilan uchrashdim va bazi masalalarni muhokama qildik. Biz doim Konor haqida gapiramiz. Odamlar meni nima uchun tanaffus qilganim haqida, uzoq vaqt o'tirishdan nima foyda borligi haqida savollar berishlari mumkin. To'g'risini aytsam, men biroz dam olishim kerak edi. UFCga o'tganimdan so'ng "Yil jangi" bo'lish uchun nomzodi qo'yilgan bahslarni o'tkazdim. Buning uchun ko'p kuchim ketdi.
Endi esa menga oktagondan tashqarida vaqt o'tkazish yoqmoqda. Konorga yaqin odamlar uning sentyabr yoki avgust oyida tayyor bo'lishini aytishmoqda", - dedi CHendler.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar