10 jan 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayorga faoliyatini qayta tiklashini elon qildi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rikardo Mayorga (31-9-1, 25 KO) faoliyatini qayta tiklashini malum qildi.
Nikaragualik 43 yoshli janjalkash bokschi pul evaziga yana ringga ko'tarilmoqchi. Matador nomi bilan tanilgan bu bokschi xatto aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor MakGregorni ham jangga chorlagandi.
Katta ehtimol bilan jang shu yilning oxirlarida tashkil etiladi. Jang Mayorga tug'ilib o'sgan Managua shahrida o'tkaziladi. Hozircha raqib nomi malum emas.
Malumot uchun, Rikardo Mayorga o'zining so'nggi jangini 2015 yilning avgust oyida o'tkazgan bo'lib, texnik nokaut evaziga SHeyn Mosliga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar