01 iyu 13:11
Yangiliklar
Basketbol

MBAda pley-offning final ishtirokchilari malum bo'ldi
Milliy basketbol associaciyasining 2024/2025 yilgi mavsumi barcha pley-off final bosqich ishtirokchilari aniqlandi.
"Indiana Peysers" jamoasi SHarqiy konferenciyaning oltinchi final uchrashuvida "Nyu-York Niks" klubini 125:108 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan "Indiana" umumiy seriyadagi hisobni 4-2 ko'rinishiga keltirdi.
SHu tariqa, "Peysers" finalda bosh sovrin uchun G'arbiy konferenciya g'olibi "Oklaxoma-Siti Tander" jamoasiga qarshi parketga chiqadi. "Oklaxoma" "Minnesota Timbervulvz" klubiga qarshi kechgan seriyada umumiy 4-1 hisobida zafar quchgandi.
"Oklaxoma" va "Indiana" jamoalari o'rtasidagi finalning birinchi uchrashuvi bizning vaqt bilan 6 iyun tonggida Oklaxoma-Siti shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar