26 okt 18:18
Yangiliklar
Mbappe ECHL 58 ta uchrashuvida 62 (39+23) ochko to'pladi
Kilian Mbappe kecha CHempionlar Ligasidagi gollari sonini 39 taga etkazib oldi.
Endilikda CHempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "PSJ" – "Makkabi" (7:2) uchrashuvida dubl qayd etgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan franciyalik hujumchi musobaqaning 58 ta uchrashuvida 39 ta gol urdi va 23 ta golli pas uzatdi. Mbappe ushbu gollardan 6 tasini 2016/17 yilgi mavsumda "Monako"da o'ynaganida urgan.
Mbappe 39 ta to'p bilan Fernando Morentesni ortda qoldirib, CHempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Endilikda ular 19-o'rinni bo'lishib turishibdi.
Yuorida "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero va PSJ hujumchisi Neymar (har biri 43 tadan), "CHelsi" sobiq forvardi Dide Drogba (44), "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh (45), "Manchester Siti" sobiq hujumchisi Serxio Aguero va "Benfika" sobiq azosi Eysebio (har biri 47 tadan), "Real" afsonasi Alfredo Di Stefano va "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich (49 tadan).
ECHL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida o'ninchi o'rinni "Milan"da o'ynagan Filippo Inzagi egallab turibdi. Uning hisobida 50 ta gol bor.
SHu tariqa, 23 yoshli Mbappe CHempionlar Ligasida raqiblar darvozasini 11 marta ishg'ol qilsa, ro'yxatning 10-pog'onasidan joy oladi.
Fikrlar